BAROTRAVMA (baro… va travma) — havo bosimining keskin oʻzgarishi natijasida oʻzida havo saqlaydigan aʼzolar (nogʻora parda, oʻrta quloq, burunning yondosh boʻshligʻi, oʻpka) ning shikastlanishi. Toʻsatdan burun va qalqumdan qon kelishi bunga misol boʻla oladi. Atmosfera bosimi astasekin oshib borsa, quloq pardasiga hech qanday taʼsir etmaydi, chunki bunday hollarda bosim quloq pardasining ikkala tomonida (tashqi eshituv yoʻli b-n oʻrta quloq boʻshligʻi) Yevstaxiy nayi orqali baravar taqsimlanadi. Bosim keskin oʻzgarganda, mas, samolyot tez koʻtarilganida yoki tushganida, bosimni baravarlash uchun yutish harakatini bajarish tavsiya etiladi (buning uchun samolyotda yoʻlovchilarga konfet beriladi). Eshituv aʼzosi bosimni baravarlashga ulgura olmasa, quloq pardasi taranglashib, eshituv suyakchalari orqali bosim ichki quloqqa taʼsir etadi. Barotravmada dastlab quloq ogʻriydi, keyin odam yaxshi eshitmaydi, qulogʻi shangʻillaydi, baʼzan boshi aylanadi. Bosim ancha oʻzgarganda quloq pardasi yorilishi mumkin. Barotravma uchuvchilar, parashyutchilar, gʻavvoslar va b. da uchraydi. Barotravmaning oldini olish uchun odamlar barokamsrada mashq qildiriladi: shovqinni kamaytiradigan moslamalardan foydalaniladi (quloq berkitiladi yoki ichiga paxta tiqiladi); bosim oʻzgarishini koʻtara olmaydigan kishilar uchuvchilik, suv ostida suzish va ishlashdan ozod qilinadi. Davosi: bemor tinch qoʻyiladi, tinchlantiruvchi dorilar va fizioterapiya buyuriladi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии