BARION YULDUZ

BARION YULDUZ — nazariy tadqiqotlarda oldindan aytib berilgan oʻta zich osmon jismi. U asosan ogʻir elementar zarrachalardan tashkil topgan; massasining asosiy qismi markaziy sohasida boʻlishi kerak. Bu natijalar musbat energiyali va muvozanat holatida boʻlgan yulduzlarning barqarorligini tekshirish hamda Ambarsumyanning oʻta zich obyektlar tugʻilishi bilan bogʻliq taraqqiyot konsepsiyasini tahlil qilish kabi nazariy yoʻnalishlarda qoʻlga kiritilgan. Dastlabki hisoblar asosida Barion yulduz giperon yadro (zichligi r>1015 gr/ sm), oraliq neytron qatlam va aynigan elektron-proton gaz qobiqlaridan iborat, deb taxmin kilinadi. Uning massasi 2 Quyosh massasidan kichik, radiusi 10 km atrofida.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x