BARBAT

BARBAT (fors.-toj. — oʻrdak siyna) — Qadimda Oʻrta Sharq xalqlari amaliyotidagi torli chertma soz. Kosasi katta, dastasi kalta, koʻpincha 3 — 4 torli. Eng qad. namunalari Oʻrta Osiyoga mansub. Ud soziga asos boʻlgan cholgʻulardan. Afrosiyobdan Barbatga oʻxshash soz chalayotgan sozandalarning mil. av. 2 — 1-a. lar — mil. 1 – a. larga oid haykalchalari topilgan. Borbad Marviy (6 — 7-a. lar) ismli mashhur bastakor, xonanda va sozanda Barbatning oʻtmishdagi eng mohir ijrochisi boʻlgan.

Ad.: Vыzgo T., Muzыkalnыye instrumentы Sredney Azii, M., 1980; Borbad, epoxa i traditsii kulturы, Dushanbe, 1989.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x