BARANGʻAR

BARANGʻAR, barangʻor, burongʻor (turkcha — oʻng) — qad. turk-moʻgʻul xalqlarida harbiy-maʼmuriy istiloh; 1) Chingiziylar saltanati barpo etilgunga qadar moʻgʻullar mamlakati oʻng qanotbarangʻar va soʻl qanot — juvangʻarga taqsimlangan. Chingizxon asos solgan ulkan saltanatda ham bunday boʻlinish aynan saqlangan. 14 – a. ning 40 – y. larida Joʻji ulusi oʻng va chap qanotlarga boʻlingan. Oʻng qanot — Oq Urda Botu va Shaybon, soʻl qanot — Koʻk Oʻrda Joʻjixonning toʻngʻich oʻgʻli Oʻrdaga tegishli mulklardan iborat boʻlgan; 2) Temur va temuriylar, oʻzbek xonliklari davrida qoʻshinning oʻng qanoti. Boburning soʻzlariga qaraganda, Barangʻar qoʻshinning markaz qismi (qavl, gʻoʻl) ga boʻysunmagan va oliy bosh qoʻmondon (podshoh, xon yoki amir ul-umaro)ning buyrugʻi bilan ish koʻrgan. Eski oʻzbek tilida Barangʻar bilan bir qatorda oʻng, oʻng qoʻl kabi turkiycha; maymana, yamin singari arabcha nomlar ham ishlatilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x