AZIM SUYUN

AZIM SUYUN (taxallusi; asl ismi Suyunov Azim Alimovich) (1948.22.2, Samarqand viloyati Nakurt qishlogʻi) — shoir. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1997). ToshDU jurnalistika f-tini tamomlagan (1977). Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir (1973— 86), Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi boshqaruvida masʼul kotib (1987—90), «Xalq soʻzi» gaz. da boʻlim muharriri (1990—93), «Oʻzbekiston ovozi» va «Golos Oʻzbekistona» gaz. lari bosh muharriri (1993-y. dan). Bir necha sheʼriy kitoblari nashr etilgan. «Sarbadorlar» (1981) dramatik dostonida tarixiy voqealar orqali xalqning erk sari intilishi tasvirlangan. Azim Suyun sheʼriyatni xalq ohanglari, tabiatning nafis tasviri, badiiy ijod anʼanalarini yangicha shakl va mazmun bilan boyitdi. Asarlari bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Birinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1994—99).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x