BAQTRIYA

BAQTRIYA, Baqtriyona, Baxtar zamin Baktriya — Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimidagi tarixiy vi-loyat. Asosan hoz. Oʻzbekiston va Tojikistonning jan. viloyatlari hamda Af-gʻonistonning shim. qismini oʻz ichiga olgan. Shim. da Sugʻd, jan. da va jan.-sharqda Araxosiya, Gandxara, gʻarbda Ma-rgʻiyona b-n chegaralangan. Markaziy shahri Baqtra (Zariaspa) boʻlgan. Baqtriya mil. av. 6—4-a. larda Axomaniylar, Aleksandr (Iskandar), Salavkiylar saltanatlari, soʻngra mil. av. 3-a. oʻrtasidan YunonBaqtriya podsholigi tarkibiga kirgan; mil. av. 2-a. da toxarlar tomonidan bosib olingach, Toxariston deb atala boshlagan.

Baqtriyada dastlabki arxeologik tadqiqotlar 19-a. ning 2-yarmidan boshlangan (N. A. Masv. I. V. Mushketov va b.). Shim. Baqtriya hududida 1926 — 28 y. larda Sharqmadaniyati muzeyi (hoz. Sharqxalqlari sanʼ-ati muzeyi) ekspsditsiyasi (rahbari B. P. Denike). 1936 — 38 y. larda Termiz arxeologiyakompleks ekspeditsiyasi (rahbari M. Ye. Massoy), 1953 — 54 y. larda Tojikiston arxeologiya ekspeditsiyasi (rahbari M. M. Dyakonov), 1950 — 55 y. lari Oʻzbekiston arxeologiya ekspeditsiyasining Surxondaryo otryadi (rahbari L. I. Albaum) arxeologi k kazish ishlari olib borgan. 1960-y. dan (bir oz tanaffus b-n) Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi (rahbari G. A. Pugachenkova), 1972-y. dan Oʻzbekiston FA Arxeologiya in-tining Baqtriya ekspeditsiyasi (raxbari V. M. Massoy) arxeologik tadqiqotlarni davom ettirdi. Jan. Baqtriya hududi (Shim. Afgʻoniston)da fransuz arxeologlari — R. Girshman (1936 – 41), D. Shlamberje (1945 – 64), P. Bernar (1964 — 78), shuningdek sobiq Ittifoq-Afgon ekspeditsiyasi (1970 — 78; I. T. Krutikova, V. I. Sarianidi, G. A. Pugachenkova, A. Asqarov, R. Sulaymonov, Sh. Pidayev, 3. Hakimov, V. N. Yagodin va b.) qazish ishlari olib borgan.

Avesto, Bihistun kitobalari, Nakdsh Rustamdagi kitobalar hamda qad. gʻind adabiy yodgorliklari — «Rigveda» va «Ramayana»da Baqtriya haqida maʼlumotlar mavjud. B. Oʻzbekistonda dehqonchilik madaniyati taraqqiy etgan va ilk davlat tuzu mi vujudga kslgan qad. markazlardan biri. Bu yerda mil. av. 2ming yillikniig 1-yarmidayoq oʻtroq dehqonchilik madaniyati mavjud boʻlganligi arxeologi k materiallar b-n isbotlangan. Sotshitepsshan chiqqan topilmalar Baqtriyaning ilk shahar tipidagi qad. qishloqlari tarixiy topografiyasi, meʼmoriy tarhi, madaniyati, aholisining etnik qiyofasi va tarkibini aniqlab berdi. Baqtriyaning oʻtmishda «Ming bir shahar mamlakati» deb atalganligi unda shaharlarning koʻp boʻlganligidan guvoxlik beradi. Surxoidaryoning jan. tumanlarida olib borilgan arxe-ologik tadk,iqotlar jarayonida koʻplab shahar xarobalari topilgan q(. Ayri-tom, Dalvarzintepa, Termiz, Xolchayon va b.). Tarixiy va arxeologik maʼlumotlarga koʻra baqtriyaliklar belbogʻli koʻylak, cholvor va kuloh kiyishgan, cholvorlarining pochasini uchi yuqoriga qayrilgan etiklarining qoʻnjiga tiqib yurishgan. Baqtriyada asosan oromiy yozuvidan va mahalliy tillardan foydalanilgan. Mil. av. 6 — 4-a. larda Baqtriya madaniyati 2 uslubda taraqqiy etgan. Birinchisi, koʻproq koʻchmanchi aholi madaniyati b-n bogʻliq boʻlib, adabiyotda «hayvon uslubi» (mehnat va jang qurollari, uyroʻzgʻor buyumlarini turli hayvonlar suratlari bilan bezash) deb yuritiladi. Ikkinchisi, oʻtroqbaqtri-yaliklar madapiyati yodgorliklarida aks etgan (q. Amudaryo xazinasi va b.). Budav-rda metall ishlash sanoati (q. Dalvarzintepa va b.), meʼmorlik q(. Kuchuk-tepa, Halʼaimir va b.), xalq ogʻzaki ijodiyoti taraqqiy etgan. Baqtriya madaniyati, ayniqsa mil. av. 1mingyillikning soʻnggi asrlarida yuksalgan (q. Xotin-rabod va b.). Mahalliy xalq madaniyati yunon, hind va fors madaniyatlari anʼanalari taʼsirida ham boyigan. Mil. av. 2 — 1-a. larda ipakchilik va pillachilik rivojlangan (yana q. Sopollitepa). Bu davrga oid meʼmorlik yodgorliklari, numizmatika materiallari, tasviriy va amaliy sanʼat namunalari Termiz, Zartepa, Dalvarzintepa. Qalʼa-imir, Xolchayon va b. joylardan topilgan. Jan. Baqtriya dagi Bagram, Balx, Dashli, Dilbarjin, Oyxonim, Oltindilsrte-pa, Xadda (Afgʻoniston) va Taksila (Pokiston)da olib borilgan arxeologik tadqiqotlar bu hakdagi maʼlumotlarni yanada boyitdi.

Ad.: Drevnyaya Baktriya, L., 1974; S a g dul – laye v A. S, Usadboʻ drevney Baktrii, T.. 1987.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x