BANOKATIY

BANOKATIY (toʻliq ismi: Abu Sulaymon ibn Dovud ibn Abulfazl Muhammad ibn Dovud Banokatiy) (14a.) — banokatlik tarixchi olim va shoir. Dastlab elxoniylardan Gʻozonxon va Sulton Abu Saʼid saroyida xizmat qilgan. Uning R«avzat ul-albob fi tavorix il-akobir valansob» («Akobirlar va asillar tarixi xususida oqillar bogʻchasi») tarixiy asari bizgacha yetib kelgan. Asarda dunyoning «yaratilishi»dan to elxon Abu Saʼid zamoni (1317 — 1335)gacha Eron, Hindiston, Movarounnahr, Xitoy va Yevropada boʻlib oʻtgan voqealar qisqacha hikoya qilingan. Davlatshoh Samarqandiyning soʻzlariga qaraganda, Banokatiy «shoirlikda ham oliy martabaga ega edi va qasidalar hamda pishiq qitʼalar aytgan…».

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x