BANK MONOPOLIYALARI

BANK MONOPOLIYALARI — konsentratsiyalashuv natijasida biror davlatdagi bank ishlarining bir necha yirik banklar qoʻlida toʻplanishi. Moliya kapitali bozoridagi taklifda raqobatning boʻlmasligi bilan tavsiflanadi. Mas, 1962-y. Angliyada bank kapitali umumiy summasining 90% besh bankka tegishli boʻlgan, 1968-y. AQSHda rasman mustaqil hisoblanadigan 14 ming bank boʻlgan, lekin jami bank operatsiyalarining 25% 10 ta yirik tijorat banki hissasiga toʻgʻri kelgan, 1995-y. da esa AQSHdagi eng yirik hisoblangan «Cheyz of Manxetten» va «Kemikl» banklari oʻzaro qoʻshilib ketdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x