BANJO

BANJO (banjo) — torli chertma musiqa cholgʻusi. Amerikaning qator ommabop musiqa uslublari (minstrelshou, jaz, kantri-myuzik, vestern) da asosiy oʻrinni egallaydi. 17 – a. da Gʻarbiy Afrikadan AQSH ning jan. shtatlariga keltirilgan. 19 – a. ning 30-y. larida takomillashtirilgan shakli yuzaga kelgan. Unda metall pardali uzun dastasiga 5 ta poʻlat sim tortiladi. Yakka tarzda hamda joʻrnavoz soz sifatida ishlatiladi. Tovushi oʻtkir, jarangdor. Banjoda bir ovozlik kuylar hamda akkordlarni chalish mumkin. 20 – a. da Banjoning yangi turlari (B.-ukulele, B.-mandolina, B.-tenor, Banjo gitara) yuzaga kelgan.

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x