BANGIDEVONA

BANGIDEVONA (Datura Stramonium L.) — tomatdoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi tarqoq, tik shoxlanib oʻsadi; boʻyi 1,2 m cha. Bargi tuxumsimon, bandli, uchi qirrali. Gullari oq, barg qoʻltigʻida bittadan joylashgan. Mevasi yashil, tikan bilan qoplangan toʻrt chanoqli tuxumsimon koʻsakcha: uz. 4,5 sm gacha boradi, 500 ga yaqin buyraksimon, qora tusli urugʻ beradi. Maydan iyungacha gullaydi va mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Bargi, poyasi, ildizida giossiamin, skopolamin, atripin kabi zaharli alkaloidlar bor. Bargidan revmatizm, nevralgiya kasalliklarini davolashda ishlatiladigan dorilar tayyorlanadi. Kurash choralari: ekinzorlar qoʻlda oʻtoq qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x