BANGI

BANGIMarkaziy Afrika Reslublikasi poytaxti, mamlakatning eng yirik shahri. Ubangi daryosidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 600 ming kishi (1995). Bangi fransuz mustamlakachilarining harbiy istehkomi (1894) boʻlgan. Bangi dastlab Ubangi-Shari hududining maʼmuriy markazi (1958 — 60 y. larda muxtor Markaziy Afrika Respublikasining poytaxti). Mamlakatning asosiy savdo va sanoat markazi, toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallsozlik, taxta tilish sanoati korxonalari mavjud; avtomobil yoʻllari tuguni. Sanʼat va hunarmandchilik milliy markazi. Shahar markazida zamonaviy binolar qurilgan, chekkalarida esa mahalliy kulbalar saqlangan. Geofizika st-yasi, kinoteatrlar, un-t va muzeylar bor. B. ga 1889-y. da asos solingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x