BALZAMLASH

BALZAMLASH, mumiyolash — murda yoki uning ayrim aʼzolari va toʻqimalarini chiritmaydigan qilib uzoq saqlash usuli. Buning uchun jasadga chirituvchi mikroblarni oʻldiradigan maxsus antiseptik moddalar shimdiriladi. Odatda tibbiyot oʻquv yurti talabalariga koʻrsatish, i. t. olib borish, murdani uzoq, masofaga yetkazib berish zaruriyati tugʻilganda, shuningdek mashhur kishilar jasadi balzamlanadi. Balzamlash qadimdan maʼlum, dastlab Misrda qoʻllanilgan; ular Balzamlash vositalariga xushboʻy moddabalzam ham qoʻshib ishlatganlar (balzamlash nomi shundan olingan). Ilgari murdaning boshi, koʻkrak, qorin boʻshliqlarini turli tuz eritmalari bilan toʻldirganlar. 16 — 17-a. larda Yevropada har xil kimyoviy moddalar aralashgan eritmalar keng qoʻllanilgan. Balzamlash uchun koʻproq formalin (formaldegidning 40%li eritmasi), etil spirti, sirka kislota va b. qoʻllaniladi. Tomirga formalin yuborib, murda yoki aʼzo ana shu eritmaga solib qoʻyilsa, uzoq turadi (formalin toʻqimalarni mustahkam tutib, bakteriyalarning rivojlanishiga yoʻl qoʻymaydi). Sud tibbiyotida Balzamlash uchun koʻpincha barobar miqdordagi spirt va formalin eritmasi ishlatiladi.

Balzamlashning ancha mukammal usullari ham bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x