BALXASH-OLAKOʻL SOYLIGI

BALXASH-OLAKOʻL SOYLIGI — Qozogʻistondagi yassi botiq. 340 — 600 m balandlikda. Kattagina qismi Balxash koʻli bilan band. Sharqida Sassiqkoʻl va Olakoʻl koʻllari, jan. da Tovqum, Muyinqum, Sarieshikutrov qumli choʻllari bor. Qiya bukilma va uni daryo qumli yotqiziqlari bilan toʻlishi natijasida hosil boʻlgan. Qumliklarning bal. 30 m gacha. Saksovul, juzgʻun, teresken, shoʻra, shuvoq oʻsadi. Tuproqlari asosan qoʻngʻir choʻldasht va kam karbonatli sur tuproq, shoʻrxok. Yiliga 135 — 200 mm yogʻin tushadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x