BALETMEYSTER

BALETMEYSTER (nem. Ballettmeister — balet ustasi) — balet spektakllari, xoreografik chiqishlar, opera, operetta, dramatik spektakllardagi raqs sahnalarining muallifi va sahnalashtiruvchisi. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston va Ozarbayjonda milliy musiqali drama spektakllari uchun raqslarni sahnaga qoʻyuvchilar ham Baletmeyster deyiladi. Baletmeyster baletda butun spektaklning xoreografik shaklini libretto asosida, musiqa ritmi va ohanglariga mos qilib ishlab chiqadi va (raqqosa)larga oʻrgatadi. Baletmeyster baletda bosh ijodkor boʻlsa, boshqa janrlarda yordamchidir. Oʻzbekistonda Q. Mirkarimova, G. Izmaylova, B. Qoriyeva, K. Moʻminov, Yu. Ismatova, V. Oqilova, M. Ergashevalar yetakchi Baletmeyster lardir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x