BAKUNIN Mixail Aleksandrovich

BAKUNIN Mixail Aleksandrovich (1814.18.5, Tver gubernyasi — 1876.19.6, Bern) — inqilobchi, anarxizm nazariyotchilaridan biri. 1848 — 49 y. lardagi Yevropa (Parij, Drezden, Praga) inqilobiy harakatlarining ishtirokchisi. 1849-y. mayida Bakuninni Drezden qoʻzgʻoloni rahbarlaridan biri sifatida Saksoniya va Avstriya hukumatlari oʻlimga, soʻng umrbod qamoqqa hukm qildi. Keyinroq Bakunin Rossiya hukumati qoʻliga topshirilgach, Nikolay I buyrugʻi bilan Sibirga surgun etildi. 1861-y. da Bakunin u yerdan qochib, Yaponiya va Amerika orqali Londonga keldi. Turli inqilobiy tashkilotlar, nashrlar, maxfiy jamiyatlar ishida faol qatnashdi. 1868-y. da 1-Internatsionalga kirib, Marks va safdoshlariga qarshi kurash boshladi. Bakunin «Davlat tuzumi va anarxiya» (1873) asarida tarix — evolyutsion jarayon, u insoniyatning «hayvonot dunyosidan» «ozodlik dunyosi» sari harakatidan iborat, degan gʻoyani ilgari surdi. Uning fikricha, taraqqiyotning yuqori bosqichida zulm-istibdodga asoslangan har qanday davlat barham topadi, insonning barcha qobiliyatlari kamolga yetishi uchun imkon yaratiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x