AGROMETEOROLOGIYA POSTI

AGROMETEOROLOGIYA POSTI — kundalik meteorologik va agrometeorologik kuzatishlar olib boradigan hamda kuzatish natijalariga birlamchi ishlov beradigan muassasa. Agrometeorologiya posti larda kuzatish ishlari maxsus jihozlangan meteomaydonchalarda (5×6 m), bevosita ekinzorlarda yagona uslub hamda dastur asosida olib boriladi. Meteorologik maydonchada yil davomida har kuni tuproq yuzasidan 2 m balandlikdagi havoning harorati (qorasovuq kutiladigan bahor va kuz oylarida havoning minimal harorati yer yuzasidan 2 sm balandlikda minimal termometr yordamida) oʻlchanadi; yogʻinlar miqdori, qor qoplamining qalinligi va yer yuzasining qor bilan qoplanganlik darajasi; atm. hodisalarining xarakteri (qor, yomgʻir, doʻl, shudring, qirov, shamol, boʻron, momaqaldiroq va h. k.) qayd qilinadi. Ekinzorlarda oʻsimliklarning oʻsishi, rivojlanishi va hosil toʻplashi boʻyicha bevosita kuzatishlar oʻgkaziladi, rivojlanish davrlari koʻringan kunlar qayd qilinadi, oʻsimlikning holati baholanadi; erta bahorda tuproq yetilgandan boshlab urugʻ unib chiqqunga qadar tuproqning urugʻ koʻmilgan hamda 20 sm chuq. gacha qatlami harorati oʻlchab boriladi; tuproqning yuqori qatlami holati va namlik darajasi qayd qilinadi. Agrometeorologiya posti kuzatish natijalari va ob-havo prognozoʻ asosida kundalik maʼlumot tuzadi. Kundalik va oʻn kunlik yakuniy maʼlumotlarni oʻzi biriktirilgan gidrometstansiyaga yuboradi. Meteorologik va agrometeorologik maʼlumotlardan xatarli ob-havo hodisalaridan xabardor qilish, agrotexnik tadbirlar muddatlarini belgilashda foydalaniladi. Oʻzbekistonda q. x. korxonalari ixtiyorida (idoraviy) 20, «Boshgidromet» tizimida 25 Agrometeorologiya posti ishlaydi (1999).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x