BAKTERIYEMIYA

BAKTERIYEMIYA (bakteriyalar va yun. haima — qon) — qonda bakteriyalar boʻlishi. Bakteriyalar odam va hayvonlar qoniga teri va shilliq pardalar shikastlanganda, shuningdek limfa tugunlari, tomirlar sistemasi va b. aʼzolar patologik jarayondan oʻzgarganda kiradi. Koʻpgina infeksion kasalliklar — leptospirozlar, toshmali va qaytalama terlamalar, tulyaremiyada kuzatiladi. Bakteriyemiya ayniqsa ichak infeksiyalari (ich terlama, paratif, salmonellyozlar, brutsellyoz va h. k.)ga xos, bu kasalliklarda Bakteriyemiya patologik jarayonning yoyilib ketishiga sabab boʻladi. Bakteriyemiya kasallikning oʻtkir davrida yaqqolroq koʻrinadi. Ionlashtiruvchi nurlar taʼsir etganda tabiiy immunitetning buzilishi, antitelolarning kam ishlanishi, leykotsitlar kamayishi va ularda fagotsitoz qobiliyatining susayishi, toʻqima toʻsiqlari oʻtkazuvchanligining zoʻrayishi va b. bir qancha omillar taʼsirida kelib chiqadi. Organizm B. ni yenggan sayin bakteriyalar qonda kamayib, tamomila barham topadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x