BAKTERIOSTAZ (bakteriyalar va yun. stasis — toʻxtab qolish) — noqulay fizik va kimyoviy omillar taʼsir etishi yoki oʻsish uchun qulay sharoit yoʻqligi tufayli bakteriyalarning oʻsib rivojlanishdan qisman yoki batamom toʻxtashi. Bakteriostazda bakteriyalar zaharli moddalar chiqarmay qoʻyadi, tibbiyotda ximioterapevtik vositalarning qoʻllanilishi ana shunga bogʻliq. Turli bakteriostatik moddalar va fizik omillar (yuqori osmotik bosim, nur, past t-ra va b.) B. ga sabab boʻladi. Ular taʼsiri toʻxtagach, bakteriyalar yana oʻsib, koʻpayib ketadi, lekin bunday moddalar va omillar taʼsiri uzoq davom etganida bakteriyalar halok boʻladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые