BAJAN

BAJAN Mikola (taxallusi; asl ismi Nikolay Platonovich) (1903. 26. 9, Kamenes-Podolskiy — 1983.5.6, Kiyev) — ukrain shoiri va jamoat arbobi. Ukraina FA akad. (1951), Oʻzbekiston xalq shoiri (1968), Ukrainada xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1966). Ukraina ensiklopediyasi bosh muharriri (1958 — 83). «Oʻn yettinchi soqchi» ilk sheʼriy toʻplami 1926-y. da bosilgan. «Saflanish» (toʻplam, 1929), «Gofman tuni» (1929), «Soʻqirlar» (1929 —32) kabi tarixiy asarlarida yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi ziddiyat aks etgan. 20-y. larda futurizm va konstruktivizm taʼsirida ijod qila boshlagan, lekin tez orada realistik sheʼr va dostonlar yozishga kirishgan. Bajanning «Angliya taassurotlari» (1948), «Odamlar, kitoblar, sanalar» (1968), «Oʻylar va xotiralar» (1983) kabi asarlari xalqlar doʻstligi, tinchlik uchun kurash mavzuida. Bajan 1930, 1941 – 42 y. larda Oʻzbekistonda yashagan, taassurotlari «Oʻzbekiston sheʼrlari» (1942) turkumiga kirgan sheʼrlarda aks etgan. Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonini ukrain tiliga tarjima qilgan (1947). Asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x