BAHROMGOʻR yoki Varaxran V (shohlik yillari 421 — 438) — Eronda xukmronlik qilgan sosoniylardan Yazdigardning oʻgʻli. Yaman podshohi Nuʼmon va uning oʻgʻli Munzir tarbiyasida oʻsgan. Yazdigard zulmidan bezor boʻlgan xalq u va-fot qilgandan soʻng Ardasher nasliga mansub Kisro (baʼzi manbalarda Xisrav, Xusrav)ni taxtga koʻtaradi. Bu voqeadan xabar topgan Baxrom lashkar tortib Eronga keladi. U otasining xatolarini takrorla-maslik va mamlakatda adolat, tinchlik oʻrnatishga oʻz ayonlari va xalq oldida kdeamyod qiladi. Anʼanaviy shartga muvo-fiq ikkita sherni oʻldirib, ular oʻrtasidagi tojni oladi va podshoxlik taxtiga oʻtiradi. Uning sevgan mashgʻuloti goʻr (qulon) ovi boʻlganligi uchun ham u Goʻr laqabini olgan. Bahromgoʻr Yoki Varaxran V davrida Eronda zardushtishshk dinini mustahkamlash va keng yoyish maqsadida yangi-yangi otashkadalar kurildi. Nasturiylik (xristianlikdagi oqimlardan biri) qattiq taʼqib ostiga olindi. Bu harakat Eron-Vizantiya uru-shini keltirib chiqardi (423 — 424). Urushda Vizantiyaning gʻalabasi nasturiylikka qarshi qaratilgan siyosatni bir oz su-saytirdi. Bahromgoʻr Yoki Varaxran V Turon b-n ham urush olib borgan. 5-a. ning 30-y. larida Ozarbayjon va Xuroson sosoniylar davlatiga kushib olindi. Bahromgoʻr Yoki Varaxran V shoir va bastakor-sozanda ham boʻlgan. U sosoniylar orasida birinchi boʻlib sheʼr va musika vaznini ijod etgan. Sharqning mashhur olti musika usuli (Shodiyona, Duyan, Axloqiy, Nanreziy, Ravona, Ulusiy)dan eng shoʻx va quvnogʻi — Shodiyonaning bastakori. Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiyning H«aft paykar», Xisrav Dehpaviytmt «Hasht bigʻisht» vaAlisher Shvoiynnng «Sabʼai say-yor» dostoshgarida Bahromgoʻr Yoki Varaxran V adolatli shogʻ, ja-sur sarkarda, ayni vaqtda maishatparast, xudbin shaxs sifatida tasvirlangan. Maʼ-lumotlarga koʻra, Bahromgoʻr Yoki Varaxran V 63 yil (baʼzi manbalarda 70 yil) umr koʻrgan. Yozma adabiyotda uiing shaxsi badiiy obraz darajasiga koʻtarilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые