Bahrom Sohibnazarov — Sog’indim

Ko`z tikaman olislarga,
O`z-o`zimga bo`lib sirdosh.
Yana sog`inch ezib dilni
Kiprigimni tebratar yosh.

So`ng noliyman muhabbatdan,
Qani visol, qani diydor?
Bag`ritoshning ozoridan
Ko`ngil vayron. (x2)

Sog`indim ko`zlaringni,
Oydek go`zal bo`lgan gul yuzlaringni.
Sog`indim nozlaringni,
Sevgilim, jonim degan bu so`zlaringni. (x2)

Goh aytaman: bevafoni
O`ylamayman, bo`ldi yetar!
Yig`lamayman, deyman-u lek
Yana yurak to`lib ketar.

Nega axir, nima uchun
Chin muhabbat bo`lar armon?
Foniy dunyo quchog`ida
Tuyg`ular sarson. (x2)

Sog`indim ko`zlaringni,
Oydek go`zal bo`lgan gul yuzlaringni.
Sog`indim nozlaringni,
Sevgilim, jonim degan bu so`zlaringni. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x