Bahrom Nazarov — Ayrildim

Soyang edim, izlaringdan ayrildim,
Ayrildim, ayrildim sendan gulim.
Ne taqdirki, ko’zlaringdan ayrildim,
Ayrildim, ayrildim, ayro yo’lim.

Hamroh endi xayollar,
Ertak endi visollar,
Chorlar bo’ldi izlaring
Mensiz qaysi tomonlar? (x2)

Unutolmasam, ko’nikolmasam,
Bir seni desa yuragim.
Yo’qotdim qay on, men bilmay xayron,
Sensizlik yomon, keragim, sevgilim.

Soyang edim, izlaringdan ayrildim,
Ayrildim, oh, ayrildim sendan gulim.
Ne taqdirki, ko’zlaringdan ayrildim,
Ayrildim, ayrildim, ayro yo’lim.

Dard qo’shildi dardimga,
Visoling nasib kimga?
Ayriliqning zarbidan
Kelolmayman o’zimga. (x2)

Unutolmasam, ko’nikolmasam,
Bir seni desa yuragim.
Yo’qotdim qay on, men bilmay xayron,
Sensizlik yomon, keragim, sevgilim.

Soyang edim, izlaringdan ayrildim,
Ayrildim, oh, ayrildim sendan gulim.
Ne taqdirki, ko’zlaringdan ayrildim,
Ayrildim, ayrildim, ayro yo’lim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x