Bahriddin Zuhriddinov — Adashdim

Meni qiynading aldab-aldab,
Ey, va’dalari yolg’onchi yor.
Senga borim bergan edim,
Ey, sevgisi yolg’onchi yor.

Qo’y, meni unut, demadim-ku,
Menga loyiqsan, demadim-ku.
Sendan topdim faqatgina azob,
Sen hech menga vafo qilmading-ku.

Otilar ekan tosh, yorilar ekan bosh,
Yor xiyonatining dastidan.
Yolg’oni bo’lib fosh, ko’zimdan oqar yosh,
Yor xiyonatining dastidan.

Faqat uni saylab, hammadan avaylab,
Juda-juda qattiq adashdim.
Oqardi sochim, yorildi boshim,
Juda-juda qattiq adashdim.

Senga loyiq yor bo’lmadimmi,
Yo begona qizga qaradimmi?
Nega indamaysan, javob ber,
Yo kun bermayin seni qiynadimmi?

Armon domiga tortadi endi mani,
Begona bag’riga bosar endi sani.
Meni deb yonib-kuyganing yolg’onmidi, gapir,
Orzularimizning gullab-yashnagani qani?

Otilar ekan tosh, yorilar ekan bosh,
Yor xiyonatining dastidan.
Yolg’oni bo’lib fosh, ko’zimdan oqar yosh,
Yor xiyonatining dastidan.

Faqat uni saylab, hammadan avaylab,
Juda-juda qattiq adashdim.
Oqardi sochim, yorildi boshim,
Juda-juda qattiq adashdim.

Sen boysan, osmondagi oysan,
Lekin bizni birlamading, holimizni so’ramading.
Ko’zlaringga ko’rinmadi bitta yigitning sevgisi,
Yonib kul bo’ldi dilimdagi sevgining hammasi.

Otilar ekan tosh, yorilar ekan bosh,
Yor xiyonatining dastidan.
Yolg’oni bo’lib fosh, ko’zimdan oqar yosh,
Yor xiyonatining dastidan.

Faqat uni saylab, hammadan avaylab,
Juda-juda qattiq adashdim.
Oqardi sochim, yorildi boshim,
Juda-juda qattiq adashdim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x