BAHORI EKINLAR

BAHORI EKINLAR — bahorda ekiladigan va shu yilning oʻzida hosil beradigan bir yillik ekinlar. Bir vegetatsiya davri (bahorgi-yozgi) bilan kuzgi ekinlardan farklanadi. Bahori ekinlarga donli, don-dukkakli, moyli, tola beradigan oʻsimliklar, bir yillik ozuqabop dukkakli oʻsimliklar, gʻalladoshlar va b. kiradi. Baʼzi ekinlar shartli ravishda bahorgi va kuzgi xillarga boʻlinadi, ularning orasida kech kuz va erta ba-horda eqilganda xrsil beradigan oraliqformalar — duobalari hambor. Baʼzi ikki yillik oʻsimliklar (bahorda eqilganida shu yilning oʻzida hosil beradigan oʻsimliklar) va koʻp yillik oʻsimliklar (bir yillik ekinlar tariqasida ekiladigan pomidor, tamaki singari ekinlar) ham Bahori ekinlarga kiradi.

Qurgʻoqchil joylarda Bahori ekinlarni yetishtirishda tuproqda namni saqlab qolishga imkon beradigan agrotexnika usullari — erta shudgorlash, qor toʻplash, ekinni optimal muddatlarda ekish va b. muhim ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x