Bahor fasliga niqoblar

 Ko’klam kelishi bilan ayollar tashqi ko’rinishlariga alohida e’tibor bilan qarashni boshlashadi. Bahor go’zallik fasli bo’lishiga qaramasdan, yuzdagi barcha nuqsonlarni oshkor qiladigan palla ham hisoblanadi. Shunday nozik faslda har birimiz yuz parvarishiga befarq bo’lmay, turli tuman niqoblardan foydalanishimiz kerak. O’ylaymizki, quyida tavsiya etilayotgan niqoblar yanada go’zal va sog’lom ko’rinishga ega bo’lishingiz uchun yordam beradi.

Kartoshkali niqob. O’rtacha kattalikdagi 1 dona kartoshka qaynatilgandan so’ng sanchqi yordamida eziladi. Ustiga ikki osh qoshiq sut solingach, yaxshilab aralashtiriladi. Iliq holatdagi niqob yuzga suriladi va 20 daqiqadan keyin iliq suvda yuvib tashlanadi. Ushbu muolaja yuz teringizni tiniq ko’rsatish, taranglashtirish  hususiyatiga ega. Uni oyda ikki marta takrorlab tursangiz, atrofdagilarning havas qilgulik chehra sohibasiga aylanasiz.
Аsalli niqob. 50 gram asalni 50 gram zaytun yog’i va bitta tuxum sarig’i bilan aralashtiring. Hosil bo’lgan aralashmani yuz hamda bo’yin sohasiga surting. 20 daqiqadan keyin iliq suvda yuvib tashlang. Bunday niqob har qanday turdagi yuz uchun foydali.
Kosmetik loylar. Oz miqdordagi gilni qaynatib, iliq suvda aralashtiring. Аralashma biroz yumshoq  holga kelgandan so’ng yuzingizga suring. 15 daqiqadan keyin oldin iliq, so’ng sovuq suvda yuving. Dorixonalarda kosmetik va davolash maqsadida qo’llaniladigan gillarning turli xillarini topish mumkin.
Yuzdagi qizarishni yo’qotish uchun. 1 osh qoshiq tvorogni 1 dona gidroperit tabletkasi bilan aralashtiring. Аralashmani yuzingizga surtib, 20 daqiqadan so’ng iliq suvda yuving. Bu niqob bahorda qizargan yuzingizni oqartirib, tiniq va chiroyli ko’rinish beradi.
Smetanali niqob. Rediskani mayda tishli qirgichdan o’tkazing. 1 osh qoshiq tayyor bo’tqaga 1 osh qoshiq asal, 1 osh qoshiq smetana qo’shing. Аralashmani 2 daqiqaga yuzingizga surib qo’ying so’ng iliq suvda yuvib tashlang. Bu niqob yuzingizni yoshartirib, qon aylanishini yaxshilaydi.
Bodringli niqob. Yuzingiz tiniq va chiroyli bo’lishi uchun bodring suvidan foydalansangiz ham bo’ladi. Buning uchun kattaroq hajmdagi bodringni katta tishli qirg’ichdan o’tkazib, unga 2 choy qoshiq aroq yoki spirt (6%li) quyasiz-da,ikki kunga oftobli joyga qo’yasiz. Tayyor bo’lgan aralashmani yuzingizga surtib, 10 daqiqadan so’ng yuzingizni yuvib tashlaysiz.
Olmali niqob.  2 dona olmani qirg’ichdan o’tkazib, sharbatini dokadan o’tkazing. Yumshoq paxtani sharbatga botirib, yuzingizga surting. Ushbu muolajani 10 kun davomida 2 mahal takrorlasangiz, yuzingiz tiniqlashib, yuzdagi mayda qora nuqtalar yo’qolishiga sabab bo’ladi.
Yog’li va quruq yuzlar uchun. O’rtacha kattalikdagi bodringning po’stini tozalab, qirg’ichdan o’tkazing. Tayyor bo’tqaga 1 choy qoshiq yaxshi ko’pirtirilgan tuxum oqini qo’shing va yuzingizga surting. 20 daqiqadan keyin  iliq suvda yuvib tashlang. Ushbu niqob yog’li yuz terisi uchun juda foydali. Аgar yuzingiz quruq bo’lsa, aralashmaga 1 choyqoshiq smetana qo’shsangiz kifoya. Yuzingiz tiniqlashib, yumshoq bo’ladi.  
Tiniq yuzga ega bo’ling. Qizil lavlagini mayda tishli qirg’ichdan o’tkazing. Unga 1 choy qoshiq smetana va 1 choy qoshiq tuxum sarig’i solib aralashtiring. Tayyor aralashmani yuzingizga surtib, 20 daqiqadan keyin iliq suvda yuvib tashlang. Yuz terisi tiniq bo’lishida bunday niqobning foydasi katta.
Аjin tushmasin desangiz. Ko’klamning injiq havosi tufayli ko’pchilikning terisi qurib, ajin tushishga moyil bo’lib qoladi. Bunday pallalarda yuz uchun foydali bo’lgan yumshatuvchi niqoblardan foydalanish kerak. Toza asal va sutdan tayyorlangan niqob eng samarali vosita. Ikki osh qoshiq asal va yangi tabiiy sutni yaxshilab aralashtirib, yuzga yarim soat davomida surtib qo’yasiz. Mazkur niqobdan keyin kompress qilish yaxshi natija beradi.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x