BAGʻDOD TUMANI

BAGʻDOD TUMANIFargʻona viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan (1962 i. 24 dek. da Uchkoʻprik tu-maniga qoʻshib yuborildi. 1964-y. 31 dek. da qayta tuzildi). Viloyatning Oltiariq, Rishton, Uchkoʻprik va Buvayda tu-manlari b-n chegaradosh. Mayd. 0,33 ming km2. Aholisi 140,8 ming kishi (2000). Bagʻdod tumanida I shaharcha (Bagʻdod) va 10 qishloq fuqarolari yigini (Amirobod, Doʻrmoncha. Zafarobod, Paxtaobod, Samarqand, Ultarma, Matqulobod, Tinchlik, Chubalanchn, Qaroqchitol) bor. Markazi — Bagʻdod shaharchasi.

Tabiati. Bagʻdod tumani hududi tekislikdan iborat. Jan.-gʻarbida toshloqli dasht yerlar bor. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —3°, iyulniki 26°. Yiliga 180 — 220 mm yogʻin tushadi. Tumandan Usmon Yusupov nomli Katta Fargʻona kanali oʻtadi. Tuprogʻi asosan qoʻngʻir-boʻz tuproq, ayrim joylarda shoʻr tuproq uchraydi. Shoʻra, shuvoq, yantoq, qamish, miya, oqbosh, yulgʻun va b. oʻsadi. Boʻri, tulki, quyon, yumronqoziq va b. uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; ruslar, tatarlar va b. ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 425 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 13 ming kishi, qishloq axoliyey 128,3 ming kishi (2000).

Xoʻjaligi. Q. x. dayetakchi tarmoq — paxtachilik. Paxta tozalash z-di, don mahsulotlari va qurilish materiallari, mahalliy saioat k-tlari, mebel va poyabzal f-kalari. avtobaza bor. Xoʻjaliklarda chorvachilik, bogʻdorchilik, pillachilik, polizchilik, sabzavotchilik b-n ham shugʻullaniladi. Tumanda 1 qoʻshma korxona, 134 kichik korxona va 1 kooperativ korxopa mavjud. Bulardan eng muhimi «Fayz-Yavar» mebel i. ch. Oʻzbek-Slovakiya qushma korxonasidir.

Q. x. da sugʻoriladigan yerlar 18,1 ming ga, ekinzorlar 17,9 ming ga, shu jumladan 9 ming ga yerga paxta, 0,2 ming ga yerga sabzavot, I ming ga yerga beda, 0,18 ming ga yerga makkajoʻxori, 0,09 ming ga yerga sholi ekiladi. Bagʻdod tumanida 11 jamoa xujaligi, 2 davlat xoʻjaligi, xoʻjaliklararo korxona, parrandachilik f-kasi, 82 fermer xujaligi va b. xoʻjaliklar bor (2000).

Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 36,2 ming qoramol, 27 ming qoʻy va echki, 79,7 ming parramda bor (2000). Tuman hududidan MargʻilonQoʻqon t. y. utgan.

1999Gʻ2000 oʻquv yilida 55 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 30,6 ming oʻquvchi, 1 gimnaziyada 100 oʻquvchi, 1 li-seyda 130 oʻquvchi taʼlim oldi. Tumanning Oʻltarma qishlogida Oʻzbekiston Oʻsimliklarni himoya qilish i. t. in-stitutining Qoʻqon tayanch punkti joy-lashgan. 48 ommaviy kutubxona, 17 klub, 12 madaniyat uyi, 2 muzey, 745 oʻrinli 5 kasalxonp, 62 tibbiyot punkti boʻlib, ularda 192 vrach, 1092 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishladi (2000). 1931-y. dan «Bagʻdod hayoti» tuman gaz. chiqadi (adadi 4000).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x