BAFFIN YERI — Kanada Arktika Arxipelagiaatk eng yirik orol. Mayd. 476 ming km2. Orolda qariyb 3,4 ming kishi yashaydi. Baffin yeri arxey va proterozoy burmalaridan tuzilgan. Shim. Amerika qalqonida joylashgan. Sharqiy qirgʻoqlari baland (2591 m gacha) va fyord koʻp; gʻarbiy qirgʻoklari past. Orolning koʻp qismi yassitogʻ va ayrim togʻlardan iborat. Gʻarbida botqoqlik va koʻl koʻp. Iqlimi sovuq va nam. Qor koʻp yogʻadi. Togʻlarda muzliklar bor. Arktika va togʻ tundralaridan iborat. Oʻsimliklari — yoʻsin, lishaynik, tundra butalari. Hayvonlari — lemming, kugb tulkisi, qutb quyoni. Asosiy aholi punkti — Frobisher-Bey.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые