AZOBENZOL

AZOBENZOL — sodda aromatik azobirikma; sargʻish-qizil rangli kristall. Suvda erimaydi. Suyuklanish t-rasi 68°, qaynash t-rasi 297°. Efirda, muzlagan sirka kislota va konsentrlangan sulfat kislotada eriydi. Azobenzol tolalarga ilashmaydi, oʻzi boʻyovchi modda emas. Agar Azobenzol molekulasiga amin yoki oksiguruhlar kiritilsa, oddiy azoboʻyoqlar hosil boʻladi. Azobenzol nitrobenzol yoki azoksibenzolni ishqoriy muhitda pyx kukuni ishtirokida qaytarib olinadi. Azobenzol ishqoriy muhitda pyx bilan qaytarilsa, gidrozobenzolga, sirka kislotali muhitda qaytarilsa, anilinga, xlorid kislota va qalay taʼsirida qaytarilsa, benzidinga aylanadi. Azobenzolni 1834-y. da nemis kimyogari E. Micherlix topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x