Mening dilbar onam, farishtam onam,
Siz mening g`ururim, asragan ko`zim.
O`tinchim – g`am chekmang o`g`lim yo`q deya,
O`zim sizga qalqon, qo`rg`onman o`zim.
Beshigimni allalab
Tunni tongga ulagan,
Bolasining taxtin emas,
Yorug` baxtin o`ylagan.
Armonlarin bildirmay
Bu yolg`onchi dunyoda,
Dil mayliga berilmay,
Yayrabgina yurmagan. (x2)
Onajonim, umringizni
Men Xudodan so`rayman,
O`zim baxtman, boshdan-oyoq
Sizni baxtga o`rayman. (x2)
Dushmanimga do`st bo`lay deb,
Ko`nglin oldim – bilmadi,
Do`st degani o`ydi ko`zim,
Do`stning ishin qilmadi.
Ikki jahon ovorasi
Bo`lganimcha ba`zida
Dilim yorsam, sizdan bo`lak
Yaqin kishim bo`lmadi. (x2)
Onajonim, umringizni
Men Xudodan so`rayman,
O`zim baxtman, boshdan-oyoq
Sizni baxtga o`rayman. (x2)
Gar yiroqda bo`lsangiz ham,
Mehringizdan ko`nglim to`q.
Sog`inganda yig`lab-yig`lab,
O`ylamagan kunim yo`q.
Yeru-ko`kka ishonmayin,
Ko`zlarimda asrayman.
Onang bo`lsa senga boqqan,
Balolar yo`q, o`lim yo`q. (x2)
Onajonim, umringizni
Men Xudodan so`rayman,
O`zim baxtman, boshdan-oyoq
Sizni baxtga o`rayman. (x2)
O`zim baxtman, boshdan-oyoq
Sizni baxtga o`rayman…
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.