Aziz Rametov, Shaxriyor — Ko’zingni och

[Aziz Rametov]
Ko`zingni och, yomondan nari qoch,
Qolmay turib noiloj, xatar-u xavfga
O`ylamay qo`y chegara-yu moch.

[Shahriyor]
Yo`q oralari bir harakatda,
Qo`lda yo`q barokat, oshadi harorat.
Qora u tusda, oxiri borib badani, dil bo`sh,
Bu yo`l shunaqa, ha, anig`i – ketaring yosh.

Ota-ona kim, qarindosh-urug`,
Bordi-keldi, bola-chaqa kim?
Faqat u narsa hammaning ustidan g`olib,
U hokim.

[Aziz Rametov]
Yo`q kelajak, yo`q orzu-armonlarga
Intilib yashash, hu-vou, vo-u.
Senga sen kerak, o`ylab ko`r,
Arziydimi ruxni yaralash?

Ko`zingni och, yomondan nari qoch,
O`lmay turib noiloj, xatar-u xavfga
O`ylanmay qo`y chegara-yu moch.

[Shahriyor]
Farqi yo`q axir kechami-kunduz,
Chaqiradi yovuz, kashanda degani ham banda.
Yuguradi qora chiroq ko`chalariga
Kunda kun ko`p marta.

Manzili qay yonda, qayda?
Bugunda mast emas holi kamdan kam.
Ko`zlaringni och, Vatan muhtoj
Vatanparvar, zabardastlarga.

[Aziz Rametov]
To`xta hozir, keyin kech bo`lib qolmasin
Muhim izlar, hu-vou, vo-u.
Urinma og`ir, yeb to`ymasang, quvmagin
Arslon izidan.

Ko`zingni och, yomondan nari qoch,
O`lmay turib noiloj, xatar-u xavfga
O`ylanmay qo`y chegara-yu moch. (x1+x1)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x