AZIMOVA Shahnoza Sodiqovna

AZIMOVA Shahnoza Sodiqovna (1951.8.8, Toshkent) — Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1999). Biol. fanlari d-ri (1988), prof. (1993). Toshkent davlat un-tining kimyo f-tini bitirgan (1972). Oʻzbekiston FA Oʻsimlik moddalari kimyosi in-tida laborant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim (1972—79), Oʻzbekiston FA Biokimyo in-tida ilmiy xodim (1979 — 92), 1992-y. dan Oʻzbekiston FA Genetika va eksperimental biologiya in-tida molekulyar genetika lab. mudiri. Ilmiy ishlari molekulyar biol., genetika, rekombinat oqsillar olishga oid. Azimova normal va rak holatida tireoid gormonlar retseptorlarini oʻrgangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x