AZIMOV Oqil Odilovich

AZIMOV Oqil Odilovich (1946.21.5, Toshkent) — patent-axborot sohasidagi olim, ixtirochi. Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1998). Toshkent politexnika in-tini (1968), Standartlash va metrologiya in-tini (Moskva) (1978), Butun jahon intellektual mulk tashkiloti Akademiyasini (Jeneva) (1997) tugatgan. Oʻrta Osiyo irrigatsiya i. t. in-tida ishlagan (1970—92), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktori (1992-y. dan). Azimovning ilmiy ishlari patent-axborot tahlili va ilmiy-texnikaviy ijodkorlik sohalariga doir. Azimov rahbarligida intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va undan foydalanishning davlat tizimini tuzish hamda rivojlantirish boʻyicha ishlar olib boriladi. Uning ixtirolari bir qator sanoat va suv xoʻjaligi obyektlariga tadbiq etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x