Aysanem Yusupova —— Biografiya
Aysanem Yusupova 1997-yil 2-yanvarda Nukus shahrida tug‘ilgan. 2012- yilda maktabni tamomlab, Nukus Davlat Yuridik kollejida tahsil oldi. 2016-2020- yillarda kollejni tamomlab, O‘zbekiston Davlat Sanʼat va Madaniyat institutining “Teatr va kino aktyorligi” bo‘limiga o‘qishga kirdi. 2020-yilda Sanʼat va Madaniyat institutining magistratura bo‘limiga o‘qishga kirib, 2022 -yilda tamomlagan. Yusupova ilk marta 2012-yilda klip va reklama roliklari bilan faoliyatini boshlagan. 2012- yilda Yusupova bir nechta kliplarda sur’atga tushgan va O‘zbekistonda mashhur bo‘lgan. Yusupovaning birinchi bosh roli 2017-yilda sur’atga olingan “Maftun Bòldim 2” filmi bo‘lib, unga katta shuhrat keltirdi. Yusupova shu bilan cheklanib qolmadi: 2018- yilda u o‘zbek filmi “Hayot”da sur’atga tushdi, bu ham unga omad keltirdi. 2019- yilda “Ayriliq” filmi unga omad keltirmadi. Bu yil Yusupova “Meros” filmida sur’atga tushdi, bu esa Yusupovaga katta shuhrat keltirdi. Qisqa tanaffusdan keyin Yusupovaning 2021- yilda sur’atga olingan. “Zaynab bilan qoling begim” filmi Yusupovaga yaxshi shuhrat keltirdi. 2021-yildan 2022-yilgacha u bir nechta filmlar va teleseriallarda rol o‘ynagan. Yusupova 2023- yilda nafaqat O‘zbekistonda balki Belarusda ham juda mashhur bo‘lgan “O‘zbek qizi” o‘zbek filmida bosh qahramonlardan birini ijro etgan. 2023 -yilda “O‘zbek qizi” filmidagi bosh qahramon roli bilan “Eng yaxshi ayol roli uchun” Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan IV Xalqaro «Lendok» kinofestivalida va “Toji Somon” I Xalqaro kinofestivalida nominatsiyada g‘olib chiqdi. 2024 -yil iyul oyida u O‘zbekiston prizedenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston yosh ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan “Kelajak bunyodkori” davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Yusupova badiiy filmlardagi rollaridan tashqari, bir qancha o‘zbek xonandalarining kliplarida, xususan Yorqinxo‘janing «Yomgir» klipida sur’atga tushgan.