AYIQTOVONDOSHLAR

AYIQTOVONDOSHLAR (Ranunculaseaye) — ikkipallalilar sinfining ayritojlilar kenja sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Ayiqtovondoshlar asosan koʻp yillik (baʼzilari bir yillik) oʻt. Buta yoki chala buta turlari ham uchraydi. Barglari ketma-ket (baʼzi turlarida qaramaqarshi) oʻrnashgan, koʻpincha yon bargchasiz, panjasimon — oʻyma yoki qirqma, oddiy (baʼzilarida murakkab). Gullari ikki jinsli, koʻpchilik turlarida toʻgʻri (aktinomorf), ayrim turlarida qiyshiq (zigomorf). Gulqoʻrgʻoni oddiy yoki qoʻshqavat. Sallagul (Paeonia), suvyigʻar (Aquilegia), parpi (Aconitum), isfarak (Delphinium), ayiktovon (Ranunculus) kabi turkumlarga mansub oʻsimliklarning gulkosasi, koʻpchilik turlarida esa gultojlari ham besh bargli. Aksariyat turlarida changchi va urugʻchilar koʻp. Mevalari — bargak yoki yongʻoqcha, kamdan-kam hollarda koʻsakcha shaklida. Ayiqtovondoshlarning 1500 ga yaqin turi bor. Tropik zonadan boshlab shim. dagi barcha mintaqalarda uchraydi. Markaziy Osiyoda 200 dan ziyod turi (25 turkumi) bor. Oʻzbekistonda Ayiqtovondoshlarning ayiktovon, isfarak, pufanak (Anemone), adonis (Adonis), suvyigʻar kabi turkumlariga mansub juda koʻp turlari oʻsadi. Baʼzilari, mas, sallagul, isfarak, suvyigʻar xushmanzara oʻsimlik, ayrimlari esa, mas, adonis, ayiqtovon, parpilar dorivor oʻsimlik. Ayiqtovondoshlarning ayiqtovon, parpi singari turkumlariga mansub turlarning tarkibida zaharli moddalar (alkaloid va glikozidlar) bor. Shu sababli bundam oʻsimliklar oʻsgan oʻtloqlarda mol boqish xavfli.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x