AVTOSPORALAR (avto… va spora) — ayrim yashil suvoʻtlarda hujayra ichida oddiy boʻlinish yoʻli bilan paydo boʻlgan yosh hujayralar (harakatchan sporalar). A. ona hujayra ichida bir necha dona hosil boʻlib, rasmana yetiladi. Avtosporalarning koloniya boʻlib yashaydigan turlari ona hujayra ichidayoq yangi koloniyaga aylanadi. Ona hujayra yorilgach mustaqil yashay boshlaydi. Avtosporalar sirti sellyuloza poʻst bilan qoplangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые