AVTOMOTRISA — inki yonuv dvigatel bilan taʼminlangan oʻziyurar t. y. vagoni. Tez buziladigan va qimmatbaho yuklar, pochta tashiladi. Avtomotrisaga bitta yoki ikkita vagon ulash mumkin. Toʻrt oʻqli Avtomotrisa ikkita vagondan iborat boʻladi. Birinchi vagonda uch boʻlim: mashina boʻlimi, kj boʻlimi va bufet hamda yoʻlovchilar boʻlimi bor. Qoʻsh eshikli ikkinchi vagon faqat yoʻlovchilar uchun moslashtirilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые