AVTOMATLASHTIRISH TEXNIKA VOSITALARI

AVTOMATLASHTIRISH TEXNIKA VOSITALARI — turli jarayonlarni avtomatlashtirishga imkon beruvchi asbob va qurilmalar. Vazifasi: a) texnologiya jarayonidagi parametrlarning oʻzgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish, b) axborotni uzatish, v) axborotni oʻzgartirish va saqlash, uni dasturdagi axborot bilan taqqoslash va buyruq axborotini tuzish (axborotni ishlab chiqish), g) buyruq axborotini texnologik jarayonga tatbiq qilish. Nazorat axborotni qabul qilish vositalari (asboblar, qurilmalar, datchiklar) nazorat qilinuvchi parametr taʼsirini sezuvchi va shu parametrni mexaniq issiqlik, optik va elektr parametrlarga aylantirib beruvchi organlardan iborat. Axborotni uzatish vositalari — aloqa liniyalari. Datchiklardan chikadigan signallar aloqa liniyalari orqali uzatiladi. Signallarni uzoq masofaga uzatish uchun datchikdan chiqadigan signallar maxsus oʻzgartirgichlar yordamida uzatishga mos shaklga keltiriladi. Axborotni ishlab chiqish vositalari — registratorlar (qayd qilgichlar), signalni oʻzgartiruvchi qurilmalar, hisoblash jihozlari va mashinalari, boshqarish va taqsimlash qurilmalari, kommutatsiya (oʻzgartirish) uskunalari. Buyruq (komanda) axborotini uzatish vositalari, asosan, nazorat axborotni uzatish vositalariga oʻxshaydi. Axborotni texnologiya jarayoniga tatbiq etuvchi qurilmalar — buyruq signalini kuchaytiruvchi, uni ijro etuvchi elementlar va rostlovchi organlardan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x