AVTOMAT RADIOMETEOROLOGIYA STANSIYASI

AVTOMAT RADIOMETEOROLOGIYA STANSIYASImeteorologiya kuzatishlari natijalarini maʼlum masofaga radio orqali avtomatik tarzda uzatuvchi meteorologiya asboblari majmui. Quruqlik avtomat radiometeorologiya st-yasi, avtomatik radio yogʻin oʻlchagichi, avtomatik radio shamol oʻlchagichi Avtomat radiometeorologiya stansiyasi jumlasiga kiradi. Bular meteorologiya st-yalari qurish va ularda ishlash qiyin boʻlgan, borib boʻlmaydigan, iqlimi oʻrganilmagan joylarga oʻrnatiladi. Bu xil asboblar Markaziy Osiyoning togʻli va choʻl r-nlariga ham oʻrnatilgan. Avtomat radiometeorologiya stansiyasi yuzlarcha km gacha masofada oldindan berilgan dastur boʻyicha atmosfera bosimi, t-rasi, shamolning yoʻnalishi va tezligi, yogʻin miqdori, quyosh nurining tushib turish vaqti va b. meteorologiya koʻrsatkichlarini sutkada bir necha marta oʻlchaydi va maxsus kodlar yordamida radio orqali meteorologiya markazlariga xabar qilib turadi. Berilgan radioxabarlar radiopriyomniklar yoki telegraf apparatlari orqali qabul qilinadi. Qabul qilingan maʼlumotlar umumlashtirilib, tegishli ilmiy va amaliy xulosalar chiqariladi. Oʻzbekiston hududidagi Avtomat radiometeorologiya stansiyasilar xabarlari Oʻzbekiston Bosh meteorologiya boshqarmasida jamlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x