AVTOMAT POʻLATI

AVTOMAT POʻLATI — metall kesuvchi tezkor avtomat stanoklarda kesib ishlash uchun moʻljallangan poʻlat. Tarkibida oltingugurt va fosfor boshqa poʻlatlardagidan koʻproq boʻladi. Avtomat poʻlati tarkibi: 0,08—0,45% uglerod, 0,15 — 0,35% kremniy, 0,6—1,55% marganes, 0,08—0,30% oltingugurt, 0,05—0,16% fosfordan iborat. Avtomat poʻlati kesish vaqtida qisqa, oson sinuvchan va buyum sirtidan darhol ajralib ketadigan qirindi hosil qiladi. Poʻlatni ana shunday xossali qilish uchun u oltingugurt b-n, koʻpincha esa oltingugurt va fosfor bilan legirlanadi (q. Legirlangan poʻlat). A. p. Avtomat liniya (silindrik tishli gʻildiraklarga ishlov berish): a) umumiy koʻrinishi; b) texnologik jarayon: 1—zagotovka; 2—birinchi tokarli ishlovi; 3—ikkinchi tokarlik ishlovi; 4—sidirish; 5—tozalab ishlov berish; 6—bunker; 9—shevronlash; 10—tayyor boʻlgan tishli gʻildirak (shesternya).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x