AVTOLIZ

AVTOLIZ, autoliz (avto… va yun. lisis — yemirilish, parchalanish) — oʻsimlik yoki hayvon organizmidagi toʻqimalarning oʻz-oʻzidan parchalanishi. Avtoliz organizmdagi oqsil, uglevod, yog kabi murakkab moddalarning turli fermentlar taʼsirida parchalanishi tufayli sodir boʻladi. Avtolizda, asosan oʻlgan organizmdagi toʻqimalar yemiriladi yoki tirik organizmning baʼzi aʼzolaridagi toʻqimalardan maʼlum bir qismi biror sababga koʻra (mas, xavfli oʻsmalarda) parchalanadi. Oʻsimliklarda Avtoliz hujayraning past t-ra taʼsirida, quritilganda, zaharli moddalar (xloroform, toluol va b.) taʼsir etib qurib qolganida, shuningdek toʻqimalarni mexanik usulda maydalaganda roʻy beradi. Avtoliz baʼzi texnologik jarayonlarda, tamaki, choyni fermentlashda, yem-xashakni siloslashda ham sodir boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x