AVRELIAN

AVRELIAN, Lutsiy Domitsiy (214 — 275) — Rim imperatori (270-y. dan). Dunay legionlari tomonidan imperator deb eʼlon qilingan. A. Rim imperiyasi chegaralarini tiklagan; getlarni Dunay ortiga uloqtirib tashlagan, alemannlarni Retsiya va Italiyadan siqib chiqarib, Galliyani boʻysundirgan, biroq Dakiyani qoʻldan chiqargan. Ichki siyosatda mutlaq imperatorlik hokimiyatini oʻrnatishga harakat qilgan (ilk bor rasman janob va tangri — Dominus et deus deb atalgan), mamlakatda yalpisiga yangi maʼbud — quyosh tangrisiga sajda qilishni joriy qilgan. 273-y. Rimda monetariylar harakatini bostirgan. Avrelian davrida Rimni varvarlardan himoya qilish maqsadida Avrelian devori qurilgan (xarobalari saqlangan). Avrelian fitnachilar tomonidan oʻldirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x