AVITSENNIT

AVITSENNIT (Abu Ali ibn Sino nomiga qoʻyilgan) — kam uchraydigan talliy minerali. Kimyoviy formulasi T12O3 (T1 – 79,5%). Qattiqligi 3-5. S. ogʻ. 10,2—10,4. Kub singoniyali. Kristallari mayda. Sinish yuzasi aniq emas. Rangi qora. Metalloidlar kabi oʻta yaltiroq. Avitsennit 1956-y. da dunyoda birinchi marta X. N. Karpova tomonidan Zirabuloq togʻlarida (Uzumli qishlogʻi yaqinida) oksidlanish zonasida temir-karbonatli yertomirdan topilgan. Silur davrining marmarlashgan va kvarslashgan ohaktoshlarida limonit, kalsit, dolomit, ankerit bilan birga uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x