AVIATSIYA TIBBIYOTI

AVIATSIYA TIBBIYOTI — aviatsiyaga oid tibbiy masalalar bilan shugʻullanuvchi fan sohasi. Vazifasi: kishilarnish aviatsiya xizmatiga layoqatliligini tekshirish, uchuvchilarni uchishdan oldin tibbiy koʻrikdan, turli sinov-mashqlardan oʻtkazish, samolyotlarning odam organizmiga fiziologik va gigiyenik nuqtayi nazardan qulayligini muhandislar bilan birga tekshirish, baxtsiz hodisalar yuz berganda tibbiy yordam koʻrsatish hamda uchuvchilarni psixologik tomondan chiniqtirish va b. Uchish vaqtida meteorologiya sharoiti va t-raning oʻzgarishi, kislorod parsial bosimining pasayishi, barometrik bosimning bir pasayib, bir koʻtarilib turishi, nurlar, kosmik radiatsiya va b. omillar (shovqin, vibratsiya va h. k.) uchuvchi organizmiga taʼsir koʻrsatadi. Bu jihatdan uchuvchi mehnati boshqa kasb egalarinikidan katta farq qiladi. Aviatsiya tibbiyoti asosan, samolyotda uchadigan xodimlarning mehnat qilishi, dam olishi, uxlashi va ovkatlanishi uchun eng qulay sharoitni oʻrganadi, avariya-qutqaruv vositalarining fiziologikgigiyenik asoslarini ishlab chiqadi. U aviatsiya gigiyenasi, aviatsiya fiziologiyasi, aviatsiya psixologiyasi va uchuvchilarning ish qobiliyatini aniqlash kabi boʻlimlardan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x