ATTENYUATOR

ATTENYUATOR (frans. attenuer — kuchsizlantirish) — elektr kuchlanishi, tok kuchi, elektr yoki elektromagnit tebranishlarining kuvvatini bir meʼyorda, bosqichma-bosqich yoki muayyan qiymatgacha pasaytiruvchi kurilma. Attenyuator alohida kurilma sifatida, oʻlchash asboblari yoki b. asboblar bilan birga tayyorlanadi. Reostat va potensimetrdan farqi rostlash jarayonida Attenyuatorning kirish qismlari orasidagi qarshilik oʻzgarmasligidan iborat. Attenyuator asosan yuqori chastotali oʻlchov asboblarida, mas, standart signallar generatori va radiokomparatorlarda koʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x