ATSETATLAR

ATSETATLAR (lot. acetum — sirka) — sirka kislotaning tuzlari va efirlari. Koʻpchiligi suvda yaxshi eriydi. Toʻqimachilik sanoatida xurush sifatida, tibbiyotda antiseptik vosita va b. maqsadlarda ishlatiladi. Efirlari — xushboʻy hidli uchuvchan suyuqlikdir. Asetatlar (asosan etil atsetat) nitrotsellyuloza loklari va poliefir smolalar uchun erituvchi sifatida, shuningdek selluloid, kinoplyonka, atir-upa i. ch. da va oziqovqat sanoatida ishlatiladi. Vinil atsetat asosida sunʼiy tolalar, loklar va yelimlar tayyorlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x