ATREK

ATREKEron va Turkmanistondagi daryo. Uz. 669 km. Havzasining mayd. 27,3 ming km2. Sebaz va Sulax daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlib, Turkmaniston-Xuroson togʻlaridan boshlanadi va botqoqli delta orqali Kaspiy dengiziga quyiladi. Atrek qor va yomgʻirlardan suv oladi, bahorda toʻlib oqadi, yozda esa juda kamayib, quyi qismi butunlay qurib qoladi. Atrek kam suvli daryo, oʻrtacha yillik suv sarfi Qizilatrek sh. yaqinida 9,2 m3/ sek, maksimal suv sarfi baʼzan 100 m3/ sek ga yetadi. Yuqori qismida tor, chuqur vodiydan oqadi. Atrek suvi loyqa: har bir m suvda 18 kg oqindi bor. Daryoning koʻp suvi Eronda Mashhad-Kuchan vodiysini sugʻorishda sarf boʻlib, Turkmanistonga, xususan yozda suv kam keladi. Atrekning eng katta oʻng irmogʻi — Sumbar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x