ATMOSFERA AKUSTIKASI

ATMOSFERA AKUSTIKASI — akustikaiint atmosferada tovush tulqinlarining tarqalish qonuniyatlarini akustika usullari bilan oʻrganadigan boʻlimi. Tovush toʻlqinlarining soʻnishi faqat toʻlqin tarqalishiga bogʻliq boʻlmay, tovush energiyasining muhitda yutilishiga ham bogʻliqdir. Tovush energiyasining yutilishi tovushning toʻlqin uzunligiga bogʻliq: qisqa toʻlqinlarda koʻp, uzun toʻlqinlarda kam yutiladi. Atmosferada tarqaladigan tovush toʻlqinlari t-rasi yuqori boʻlgan muhitdan t-rasi past boʻlgan muhitga tomon buriladi. Baʼzan, portlash yoki momaqaddiroqning kuchli tovush toʻlqinlari faqat markaziy eshitilish zonasidagina emas, balki maʼlum darajadagi doirasimon eshitilish zonalarida ham aniq eshitilishi mumkin. Bu hodisa tovush toʻlqinlarining atmosferadagi past t-rali qatlamlardan qaytishini tasdiqlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x