ATLANTA

ATLANTA — AQSHdagi shahar, Jorjiya shtatining maʼmuriy markazi. AKSH jan. dagi yirik transport, savdo-sanoat, madaniyat markazi, xalqaro aeroport bor. Aholisi 394 ming kishi (1990, shahar atrofi bilan 2,4 mln. kishi). Aviaraketakosmik, radioelektronika, avtomobil, kimyo, poligrafiya, oziq-ovqat (shu jumladan «Koka-kola» firmasi) va b. sanoat korxonalari mavjud. Atlanta — afroamerikaliklarning madani-yat va biznes markazi. Shaharga 19 – a. 1-yarmida asos solingan. 1861 — 65 y. lardagi Fuqarolar urushi davrida vayron qilingan, 19 – a. oxiri — 20 – a. boshida qayta tiklangan. 26-Olimpiada oʻyinlari (1996) boʻlib oʻtgan. Muzeylar un-tlar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x