ATEY

ATEY (taxm. mil. av. 429—339) — skiflar shohi. Atey davrida skif yerlari yanada kengayib Dunay ortidagi Dobruja, Bujoq dashti (qad. Get sahrosi)ni ham qamrab olgan. Mil. av. 4-a. da agafirslar (skif qavmi) tomonidan ozod qilingan. Karpat boʻyi oʻrmon-dasht mintaqasida getlar yashardilar. Karpat boʻyining gʻarbiy qismi Germaniya va Dunayning boshlanish yerigacha boʻlgan hududda daklar yashardilar, ular Strabonning yozishicha, getlar bilan bir tilda gaplashganlar, lekin ular faqat milodning dastlabki asrlaridagina mashhur boʻlishgan. A. Dunay boʻyi (Istra)ning mahalliy aholisi — istrianlar hamda Dunayning soʻl sohilini bosib olgan getlar bilan ogʻir janglar olib borgan. Filipp II skiflar yurtiga bostirib kirib, skif qoʻshinlarini magʻlubiyatga uchratgan, mil. av. 339-y. A. ushbu jangda halok boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x