ATAVIZM

ATAVIZM (lot. atavus — ajdod) — muayyan toʻrning ayrim organizmlarida uning uzoq ajdodlarida mavjud boʻlgan, biroq evolyutsiya davomida yoʻqolib ketgan belgilar paydo boʻlishi. Otlarda uchta barmoq boʻlishi, koʻp emchakli, dumli yoki butun badani jun bilan qoplangan bolalar tugʻilishi Atavizmga misol boʻladi. Atavizmning ontogenezda paydo boʻlishi mazkur belgini yuzaga keltiradigan genlarning tur evolyutsiyasida saqlanib qolganligi, biroq normal rivojlanayotgan organizmda ular taʼsirining yoʻqolishi bilan bogʻliq. Juda koʻp avlodlardan soʻng toʻrning ayrim organizmlari ontogenezida genlar taʼsirini yoʻqotib turadigan toʻsiq yoʻqolishi tufayli mazkur belgi qaytadan yuzaga chiqishi mumkin. Atavizm toʻrning ajdodini koʻrsatib beradi, shuning uchun Darvin A. hodisasini evolyutsiyaning dalillaridan biri deb isbot etgan. Atavizm ayrim organizmlarda paydo boʻlishi bilan rudimentlardai farq qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x